Bagaj
O‘zim bilan qanday bagaj olsam bo‘ladi?
Uch o‘lchamdagi (uzunlik + balandlik + kenglik) yig‘indisida bagajning maksimal o‘lchamlari 203 sm dan oshmasligi kerak. Bu klassik katta chamadon. Hamma narsa sig‘adi!
Bagaj narxi belgilangan tariflarga muvofiq belgilanadi.
Agar siz bagaj bilan uchayotgan bo‘lsangiz va onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, parvozingiz uchun bagajni rasmiylashtirish punktiga (Drop-Off) ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti tugamasidan avval borishingiz kerak.
Bagajni qanday ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?
Eng yaxshi takliflar flyhumo.com saytida:
- chiptalarni bron qilish vaqtida
- Manage Booking orqali – jo‘nashdan kamida 1 soat oldin
- Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida – 24 soatdan kechiktirmasdan va aeroportda parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanishidan kechiktirmasdan.
Shuningdek, siz bagajni mavjud bronga qo‘shishingiz mumkin:
- Call Center orqali – agar jo‘nashga 4 soatdan ko‘proq vaqt qolgan bo‘lsa va onlayn ro‘yxatdan o‘tish tugallanmagan bo‘lsa;
- aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish kassasida – parvozga ro‘yxatdan o‘tish tugagunga qadar va onlayn ro‘yxatdan o‘tish tugaguniga qadar.