odamlar uchadi

HUMO Air – O‘zbekistondagi birinchi loukoster aviakompaniya. Biz barcha uchun oson, arzon va xavfsiz sayohat qilish imkonini beruvchi xizmatlarni taklif etamiz.

HUMOAIR MISSIYASI

Biz sayohatni qulay qilamiz va har bir insonga parvoz qilish imkoniyatini beramiz!

BIZNING QADRIYATLARIMIZ

XAVFSIZLIK

Biz xavfsizlik standartlariga rioya qilamiz. Samolyotlarning holatini baholash uchun yangi texnologiyalardan foydalanamiz va bizning uchuvchilarimiz va styuardessalarimiz faqat ishonchli va tajribali xodimlardan iborat. Siz parvoz vaqtida dam va zavq olishingiz mumkin, qolganini bizga qoʻyib bering.

HAMMABOP

Arzon hammabop aviachiptalar tufayli hamma parvoz qila oladi. Endi siz safarga ketadigan vaqtingizni tejashingiz va uni muhimroq narsalarga sarflashingiz mumkin.

KOMFORT

Sifatli xizmat – bizning oʻziga xosligimiz. Barcha parvoz maʼlumotlari ilovada mavjud, parvozlar oʻz vaqtida amalga oshiriladi, samolyotda sayohat uchun foydali materiallar taklif qilamiz va ekipaj bortdagi har bir mehmonni mamnuniyat bilan kutib oladi.

OSON

Chipta topish oson. Sotib olish oson. Agar kerak boʻlsa, qoʻshimcha xizmatlarni tanlash ham oson. Biz hamma tushuna oladigan oddiy va intuitiv jihatdan tushunarli boʻlgan xizmatni taklif etamiz.