Aviaparki

HumoAir aviakompaniyasi dunyoning yetakchi samolyot ishlab chiqaruvchisi Airbus samolyotlarida parvoz qiladi. Dastlabki bosqichda samolyotlar parkidan ikkita zamonaviy Airbus A320 layneri joy olgan. Tez kunda flotimiz hajmi 18 ta samolyotgacha kengayadi.

Samolyotning favqulodda chiqish joylari ham oyoq qo‘yish hududi kengaytirilgan o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

Samolyotlar muntazam ravishda ko‘rik, tekshiruv va texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tkaziladi. Zarurat tug‘ilganida esa, samolyot ishlab chiqaruvchilari tomonidan sertifikatlangan aviatsiya texnik bazasida ta’mirlanadi. Parvozning ishonchliligi va xavfsizligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Quloch uzunligi: 33,91 m
Kruiz tezligi: 850 km/soat
Maksimal parvoz masofasi: 5600 km
Maksimal uchish og‘irligi: 77 000 kg
Yo‘lovchi salonining uzunligi: 22,4 m
Yo‘lovchi salonining kengligi: 3,7 m
O‘rindiqlar soni: 180