Hayvonlarni tashish

Biz qanday hayvonlarni tashish uchun qabul qilamiz?

Tegishli hujjatlaringiz boʻlsa, itlar, mushuklar, qushlar, yoʻriqchi itlar va boshqa uy hayvonlarini bortga olib ketishingiz mumkin.

Biz bortda tashishga ruxsat bergan uy hayvonining vazni 10 kilogrammdan oshmasligi zarur. Uy hayvonlari faqat katta yoʻlovchilar hamrohligida qo’l yukida ruxsat etiladi.

Transport narxi qancha turadi?

Uy hayvonlari uchun 125 000 so‘mlik yagona tarif mavjud.

Uy hayvonlarini tashish uchun nima kerak?

  1. Veterinariya shifokoridan ma’lumotnoma va uy hayvoni pasporti – ular roʻyxatga olishda albatta tekshiriladi.
  2. Yoʻriqchi it uchun sertifikatlangan oʻquv markazi tomonidan berilgan treningni tugatganligini tasdiqlovchi sertifikat talab qilinadi.
  3. Uy hayvonini tashish uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjat. Bu toʻlovni roʻyxatdan oʻtish vaqtida amalga oshirishingiz mumkin.
  4. Aviakompaniyaning tashishga roziligi. Buning uchun parvozdan kamida 24 soat oldin [email protected] elektron pochtasi orqali bizni tashish haqida xabardor qilish va rozilikni olish zarur.
  5. Tashish uchun konteyner/sumka – quyida talablar keltirilgan.

Tashish uchun sumka/konteynerga qoʻyiladigan talablar:

  • Konteynerda tashish uchun oʻlchamlari uch oʻlcham (konteyner balandligi, kengligi, chuqurligi) yigʻindisida 115 sm dan oshmasligi kerak.
  • Konteyner/sumka uy hayvonlari uchun yetarli darajada keng boʻlishi va unda havo almashib turishi kerak.
  • Konteyner/sumkaning pastki qismi suv oʻtkazmaydigan va changni yutish material bilan qoplangan boʻlishi kerak, eshik/qopqoq esa qulflanadigan boʻlishi kerak.
  • Savat va qutilarga istisno tariqasida ruxsat beriladi, bunda ular mahkam yopilishi va havo kirishi uchun teshikka ega boʻlishi kerak.

Yana nimalarni bilish muhim?

Agar yoʻlovchiga qoʻriqchi it hamroh boʻlsa: uy hayvoni samolyot salonida boʻyinbogʻi, tumshuqbogʻi bilan uchadi va u egasining oyoqlaridagi oʻrindiqga bogʻlangan boʻlishi kerak.

Tashish paytida xavflarni baholash va uy hayvonining havo sayohati va u bilan birga keladigan stressga chiday olishiga ishonch hosil qilish muhimdir.

Uy hayvonining egasi, agar qoʻshimcha xarajatlar yuzaga kelgan boʻlsa, aviakompaniyaga qoplab beradi.

Uy hayvonlari yoʻqolgan, yetkazib berish kechikkan, sogʻligʻiga zarar yetgan, shikastlangan yoki vafot etgan taqdirda tashish uchun javobgarlik yoʻlovchiga yuklanadi.

Uy hayvonlari parvoz qiladilar