O‘zbekistonning birinchi loukoster aviakompaniyasi – HUMO Air 2023-yil 15-dekabrdan boshlab to‘rt yo‘nalishda parvozlarni amalga oshira boshladi. Endilikda mamlakatimiz aholisi va mehmonlari Toshkentdan Samarqand, Qarshi, Nukus va Urganchga parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Parvozlar har kuni qulay AIRBUS A320 samolyotlarida amalga oshiriladi va chiptalar narxi 159 000 soʻmdan boshlanadi.
Toshkent – Urganch yoʻnalishi boʻyicha birinchi reysda yoʻlovchilardan tashqari HUMO Air aviakompaniyasi vakillari, aeroport rahbariyati, blogerlar, jurnalistlar va fotosuratchilar ham parvoz qildilar.
“Biz Toshkent aeroportidan O‘zbekiston fuqarolari uchun eng gavjum manzillardan biri – Urganchga yangi yo‘nalish ochganimizdan mamnunmiz. Maqsadimiz yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish va mamlakat boʻylab sayohatni yanada qulay va dostupniy qilishdir. Birgalikda biz arzon narxlarda yanada qulayroq reyslarni taklif qilishimiz mumkin”, — dedi aviakompaniyamiz vakillari tantanali ochilish marosimida.
“Men Urganchda yashayman, lekin ish yuzasidan Toshkentga tez-tez kelaman. Ammo endi Urganchga tez va arzon yetib borishim, eng muhimi, yaqinlashib kelayotgan Yangi yilni oilam bilan nishonlashimdan xursandman. Mamlakat bo‘ylab shunday qulay reyslar yanada ko‘proq yo‘lga qo‘yilishini istardim”, — deydi samolyot bortida uchayotgan yo‘lovchi.
Odamlar Samarqand, Qarshi, Nukus, Urganchga parvoz qiladilar!