Assalom Nukus!
25 Oktabr 2023

Assalom Nukus!

Nukus – HumoAir reyslari amalga oshiriladigan birinchi O‘zbekiston shahri. Endi qarindoshlarnikiga borish yoki Orol dengizi yaqinidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining rang-barang poytaxti bilan tanishish osonroq va tezroq bo‘ladi. Toshkent – ​​Nukus yoʻnalishi boʻyicha avtobus/avtomobil/poyezdda sayohat 14-17 soat boʻlsa, samolyotda atigi 1 soat 40 daqiqa davom etadi, chiptalar narxi esa 155 000 soʻmdan boshlanadi.

Nukusda sayyohlar uchun ikkita asosiy diqqatga sazovor joy – bu Savitskiy muzeyi bo‘lib, uni “Qoraqalpoq Luvr” yoki “Sahrodagi Ermitaj” deb ham atashadi, yana biri kemalar qabristoni bilan yoʻqolib borayotgan Orol dengizi. Ijtimoiy tarmoqlarimizda biz yana nimalar qilish mumkinligi va ko‘rishga arziydigan manzillar ro‘yxatini baham ko‘ramiz – dam olish kunlarida barchasiga ulgurish mumkin. Albatta obuna bo‘ling:

Instagram 

Telegram

Yaqin kunlarda Toshkentdan quyidagi reyslar yoʻlga qoʻyiladi:

  • Nukus
  • Samarqand
  • Buxoro
  • Urganch (Xiva)
  • Termiz
  • Farg‘ona
  • Namangan
  • Qarshi

Odamlar parvoz qiladilar. Va ular Nukusda sayr qilishadi!

swap button

Назад

Взрослые

старше 18 лет на момент перелета

0

Дети

от 0 до 18 лет на момент перелета

0

Младенцы

до 2 лет

0