2023-yil 25-oktabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida biz yangi Humo Air loukosterini ishga tushirayotganimizni e’lon qildik va o‘zbekistonlik yetakchi OAV vakillariga ilg‘or rejalarimiz bilan bo‘lishdik.
Maqsadimiz O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish, aholining yaqinlari bilan ko‘proq diydorlashishi va o‘z ona yurti bo‘ylab sayohat qilishiga imkoniyat yaratishdir. Bunga birinchi navbatda narxlar yordam beradi: ichki yo‘nalishlarga chiptalar narxi 155 000 so‘mdan boshlanadi. “HUMO AIR aviakompaniyasida biz parvozlar oddiy, qulay va hamma uchun qulay bo‘lishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning aviakompaniyamiz sayohatni oson va farahbaxsh qilish uchun yaratilgan.” – deya ta’kidladi HUMO AIR Bosh direktori v.b., Renata Starostina.
Bugungi kunda 100 dan ortiq xodimlar aviakompaniyadagi xavfsizlik, qulaylik va yangi tajribalar uchun javobgardir. Yil oxirigacha HUMO Air uchta zamonaviy Airbus A320 samolyotlarini olishni rejalashtirmoqda. Oʻzbekistonda boshlangan faoliyatning birinchi kvartalida loukoster 1000 dan ortiq reyslarni amalga oshirish va ikki yuz mingdan ortiq yoʻlovchiga Oʻzbekiston boʻylab betashvish va oson parvozdan unutilmas tuygʻular ulashishni rejalashtirgan.
Kompaniyaning rejalari aniq raqamlar bilan tasdiqlangan: kelasi uch oy ichida Toshkentdan 1000 dan ortiq reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan, yil oxiriga qadar park to‘rtta Airbus A320/321 ga ko‘payadi va hozirgi kunda 100 dan ortiq xodimlar xavfsizlik, qulaylik va yangi taassurotlar uchun mas’ul.
Shveysariyaning Valleyroad Capital investitsion kompaniyasiga HUMO AIR’ning asosiy strategik hamkori aylandi. Matbuot anjumanida aviakompaniyaning yuqori rahbariyati so‘zga chiqdi, yangi forma va bort ekipaji taqdim etildi.
Birinchilardan bo‘lib reyslar sotuvi boshlanishi haqida xabardor bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlarda bizga obuna bo‘lishni unutmang:
Vebsayt: flyhumo.com
Instagram: @humo.air
Facebook: @flyhumo