HUMO Air xalqaro yo‘nalishlarni ishga tushirishga hozirlanmoqda
29 Fevral 2024

HUMO Air loukoster aviakompaniyasi tez orada yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga xalqaro yoʻnalishlar ochilishini eʼlon qiladi va shu sababli qayta rejalashtirish va aviakompaniyani restrukturizatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish jarayonini boshlaydi.

Ikki oylik reyslar davomida loukoster O‘zbekiston bo‘ylab 100 mingdan ortiq yo‘lovchini tashidi va bu uning xorijiy yo‘nalishlarni ochishga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi. Aviakompaniya O‘zbekiston ichida ichki reyslarni amalga oshiradi hamda Qozog‘iston, BAA, Turkiya, Xitoy, Qatar va Ozarbayjon kabi yangi xalqaro yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yadi. Biroq kompaniya oldida restrukturizatsiya qilish, tizimni yangilash, xodimlar malakasini oshirish va kerakli ruxsatnomalarni olish kabi vazifalar turibdi. Shu tufayli, 10 martdan boshlab biz parvozlarni qayta ishga tushirish uchun reyslarni toʻxtatishga majburmiz.

Ma’lumot uchun: Loukoster aviakompaniya – bu hamyonbop aviakompaniya, boshqacha aytganda, kompaniyaning operatsion faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlarni optimallashtirish orqali chiptalarni arzon narxlarda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan aviatashuvchidir.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va jahon shaharlariga muntazam qatnovlar o‘z navbatida ichki yo‘nalishlarda masofani qisqartirgan holda yo‘lovchilarga zamonaviy qulay havo kemalarida arzon va xavfsiz parvozlarni taklif etadi.

“Odamlar parvoz qiladilar” shiori boʻlgan kompaniya bilan Oʻzbekiston osmoni kelajakda koʻplab yangilik va oʻzgarishlarni koʻradi!

swap button

Назад

Взрослые

старше 18 лет на момент перелета

0

Дети

от 0 до 18 лет на момент перелета

0

Младенцы

до 2 лет

0