HumoAir O‘zbekistonda turizmni rivojlantmoqda!
30 Avgust 2023

Assalomu alaykum! 2023-yil noyabr oyidan HumoAir ichki reyslarini boshlaydi. Birinchi bosqichda Toshkentdan sakkizta yoʻnalishga ichki reyslarni yoʻlga qoʻyish, 2024-yildan boshlab Markaziy Osiyo davlatlarini yangi reyslar bilan bogʻlash, kelgusida yoʻnalishlar tarmogʻi dunyo boʻylab boshqa mamlakatlarga ham kengayishi rejalashtirilgan.

Birinchi ichki yoʻnalishlar roʻyxati:

  • Nukus
  • Samarqand
  • Buxoro
  • Urganch (Xiva)
  • Termiz
  • Fargʻona
  • Namangan
  • Qarshi.

HumoAir aviakompaniyasi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning turizmni rivojlantirishga qaratilgan rejalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident ma’ruzasiga ko‘ra, mamlakatning turizmdan tushgan daromadi allaqachon 1 milliard dollardan oshgan va ichki turizmning o‘sishi va xorijlik mehmonlarni jalb etish hisobiga bu ko‘rsatkichni 3-4 barobar oshirish ko‘zda tutilgan. Bunga erishish uchun rasmiylar boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlarning xaridlari uchun QQSni qaytarishni joriy etish, “Vodiyning oltin halqasi” va “Qal’alar halqasi” yo‘nalishlarini yaratish, yangi mehmonxonalar va mehmon uylari ochish, infratuzilmani yaxshilash rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida, HumoAir hamyonbop chiptalar narxlari bilan turizmni qo‘llab-quvvatlaydi,

O‘zbekistondagi reyslar va yo‘nalishlar sonini oshiradi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakat boʻylab sayohat qilishni osonlashtiradi va yoʻl vaqtini tejaydi! HumoAir shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiluvchi fuqarolar uchun davlat keshbek dasturining ishtirokchisi bo‘lishni kutmoqda.

swap button

Назад

Взрослые

старше 18 лет на момент перелета

0

Дети

от 0 до 18 лет на момент перелета

0

Младенцы

до 2 лет

0